
"Sam vira color" O'zbekiston - Turkiya korxonasi "Urgut" Erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Ushbu korxona gilam ishlab chiqarishda asosiy rol o'ynaydigan polipropilen iplar uchun bo'yoqlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Korxona 2017-yilda umumiy qiymati 1.5 million AQSh dollari bo'lgan investitsiya dasturi asosida tashkil etilgan. Sam vira color rahbari ta'kidlashicha, O'zbekistondagi barcha gilam korxonalari ishlab chiqariladigan mahsulot uchun xaridorlar hisoblanadi. Ayni paytda korxonada turk mutaxassislari mehnat qilmoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati oyiga 50 tonnagacha mahsulotni tashkil etadi. Shuningdek, Tojikiston va Qozog'istonga mahsulot eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Samarqand viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi matbuot xizmati