Joriy yilning 9 sentabr kuni “100% Tatarston” nomli onlayn-tadbir bo’lib o’tadi. Mazkur tadbir Tatarston Respublikasining xalqaro hamkorlik mavzusiga bag’ishlangan. Tadbir doirasida o’zaro muzokaralar, rahbarlar bilan jonli efir, intervyu va “master-klass”, hamda iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha yangiliklar muhokama etilish ko’zda tutilgan. Qo'shimcha ma'lumotni http://Www.100tatarstan.com veb-saytidan olishingiz mumkin.
Samarqand viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi matbuot xizmati