
Joriy yilning 4 noyabr kuni yoshlar markazida "O'zbekiston taraqqiyoti uchun bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilish" Fors ko'rfazi Arab davlatlari hamkorlik Kengashiga kiruvchi mamlakatlarning yetakchi ishbilarmonlari bilan Xalqaro biznes forum bo'lib o'tdi. Samarqand biznes forumi investitsiya va rivojlanish uchun nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI) rivojlaniyotgan O'zbekistonning taraqqiyoti va jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuviga ta'sir etuvchi asosiy vositadir. Forum Samarqand viloyati hokimi - Turdimov E.O.ning kirish nutqi bilan boshlandi. Uchrashuv doirasida O'zbekiston Respublikasining Quvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi Bahromjon A'loev so'zga chiqib, iqtisodiyotning turli sohalarida ikki tomonlama hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab, ayniqsa, musulmon mamlakatlaridan sayyohlar sonini yanada ko'paytirish rejalarini ta'kidlab o'tdi. Ushbu tadbir tashkilotchilari "Boursa National"," Alshall Consulting Kuwait" hamda Samarqand viloyati hokimligi bo'lib, Samarqand hamda Buxoro viloyati ishbilarmonlari eshtirok etishdi.