Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi
15.09.2020 - 10:34Ushbu qaror inflyasiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyasiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.
Bunda, prognoz qilinayotgan davrda inflyasiyani keskin oshiruvchi omillarning nisbatan kamligi pul-kredit sharoitlarini inflyasion xatarlarni yuzaga keltirmasdan yumshatish imkonini beradi.