"Sam-Negin" MChJ
16.07.2020 - 11:12Urgut iqtisodiy Erkin zonasida tadbirkorlik faoliyati tobora rivojlanmoqda. Ulardan biri "Sam-Negin" MChJ iqtisodiyotning turli sohalarida keng qo'llaniladigan 30 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Misol uchun, geotekstil mahsuloti uy va yo'llar, suv va energetika tizimlari, qishloq xo'jaligi qurilishida qo’llaniladi. "Sam-Negin" mas'uliyati cheklangan jamiyatida 420 kishi ishlaydi, korxona Xitoy va Janubiy Koreyad zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. 630 ming dollarlik mahsulotlar MDH davlatlari va Afq’onistonga eksport qilindi.